16 Aprel 2023 yil 197

IIV Surxondaryo akademik litseyida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi  Surxondaryo Akademik litseyida ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqishi bo‘lgan Qiziriq tumanining  umumta’lim maktablari hamda Sho‘rchi tumanidagi maktablardan tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar bilan "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar litseydagi barcha shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Litsey o‘quvchilari bilan maktab o‘quvchilari qizg‘in suhbat olib borishdi  va maktab o‘quvchilari tasavvurida IIV Surxondaryo Akademik litseyi yaxshi taassurotlar qoldirdi. Ushbu tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech