26 Iyun 2023 yil 249

IIV Surxondaryo akademik litseyida navbatdagi bitiruv   tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekiston Rspublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyining 2-o‘quv kursi o‘quvchilarining tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, Jarqo‘ron tumani xokimi E.R.Avazovlar va boshqa faxriylar ishtirok etishdi.

Tadbir viloyat IIB boshlig‘i va boshqa tadbir ishtirokchilarining minbarga chiqib kelishi hamda viloyat IIB boshlig‘iga akademik litsey direktorining ma’naviy ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining axborot berishi bilan boshlandi va viloyat IIB boshlig‘i saf maydonida turgan o‘quvchilar bilan salomlashdi.

Harbiy komanda asosida jangovar bayroq saf maydoniga olib kirildi.

Shundan so‘ng tegishli buyruq asosida o‘quvchilar diplomlarni olish uchun belgilangan joylarga qadam bosib kelishdilar.

Bitiruvchi kurs o‘quvchilaridan imtiyozli (qizil) diplom sohiblariga viloyat IIB boshlig‘i va boshqa bitiruvchilarga tadbirga tashrif buyurganlar tomonidan diplomlar tantanali ravishda topshirildi.  

Shundan so‘ng bitiruvchi o‘quvchilarni tabriklash uchun so‘z viloyat IIB boshlig‘iga berildi polkovnik Abduvohid Ismoilov o‘z so‘zida o‘quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritib, kelgusidagi o‘qishlariga ulkan zafar va omadlar tiladi.

Shu kabi ezgu tilaklar Jarqo‘ron tumani xokimi Elmurod Avazov hamda tadbirga tashrif buyurgan ota onalar tomonidan bildirildi.

Bitiruvchi kurs o‘quvchilaridan so‘zga chiqqan Amonova Angelina, Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibi bo‘lganligini mamnuniyat bilan izhor qilib, ta’lim bergan ustozlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek bitiruvchi kurs o‘quvchilari nomidan so‘zga chiqqan Ravshanov Jaxongir mazkur ta’lim dargohida barcha fanlarni mukammal o‘zlashtirganligi natijasida Amerika Qo‘shma Shtatining "ST.JOHN’S University"  oliy ta’lim muassasasi 138.000 AQSh dollarlik grant yutgan holda o‘qishga qabul qilinganligini hayajon bilan tadbir ishtirokchilariga ma’lum qilib, ushbu ta’lim dargohida ta’lim va tarbiya bergan barcha ustozlariga dil so‘zlarini izhor qildi.

Shundan so‘ng saf maydonida saflanib turgan bitiruvchi kurs o‘quvchilari tantanali ravishda rahbariyat minbari oldidan harbiy orkestr sadolari ostida guruh guruh bo‘lib saf tortib o‘tishdi.

Tadbir yakunida viloyat IIB boshlig‘i tomonidan "Yosh qutqaruvchi" musobaqasining respublika bosqichida faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan hamda 2-kursni a’lo baholarga o‘qib namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar berildi.

Mazkur o‘quv yilida bitiruvchilarni oiy ta’limga qamrovini 90%ga yetkazish maqsad qilingan va buning uchun akdaemik litsey rahbariyati pedagog xodimlari astoydil mehnat qilishmoqda.

Text to speech