29 Oktyabr 2022 yil 361

IIV Surxondaryo akademik litseyida mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor  A.I.Ikramov huzurida 2022 yil 7 sentabr kuni o‘tkazilgan vidioselektor yig‘ilishida berilgan topshirig‘i ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan reja-jadvaliga asosan, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev, 2022 yil 28 oktabr kuni  IIV Surxondaryo akademik litseyiga tashrif buyurib, o‘quvchilarni Ichki ishlar organlari xizmatiga qiziqishini yanada oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida mahorat darsini o‘tkazdi.

Mahorat darsi davomida, podpolkovnik Sh.F.Shadiev tomonidan  o‘quvchilarga o‘z ustida tinimsiz shug‘ullanishi, xorijiy tillarni puxta o‘rganishlari kerakligini, IT (axborot texnologiyalari) yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlari lozimligini, badiiy adabiyotlarni muntazam mutola qilib borishlari kerakligini aytib o‘tdi.

Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.

Text to speech