IIV Surxondaryo Akademik litseyida kriminalistika sohasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Joriy yilning 27 aprel kuni IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari ekspertiza va kriminalistika sohasiga oid ma’lumotlar bilimlar olishdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida, viloyat IIB EKM katta eksperti katta leytenant X.Nomazovning “Hujjatlarning kriminalistik tadqiqotlari tushunchasi, predmeti, tizimi va vazifalari” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.
Shundan so‘ng, Hujjatlarni va xatlarning identifikatsiyali xususiyatlari hamda tergov va tezkor harakatlarda ulardan foydalanish, qalbaki pul yasatishni kriminalistik tadqiqot qilish mavzusida viloyat IIB EKM katta eksperti leytenant N.Mamatqobilovning ma’ruzalarini o‘quvchilar qunt bilan tinglab, sohaga oid tegishli savollar bilan murojaat qilishdi.
Berilgan savollarga ma’ruzachilar amaliy mashg‘ulotlar yoramida qo‘shimcha tushunirishlar berishdi.