IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yangi O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022-yil 20 avgust kunidagi tegishli farmoyishi asosida dekabr oyi davomida o‘tkazilayotgan "Konstitutsiyaviy huquq" fani oyligi munosabati bilan joriy yilning 3-dekabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yangi O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tashkil etilgan davra suhbatida Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti professor o‘qituvchilari ishtirok etishib, Konstitutsiyaviy islohotlar davr talabi ekanligi, undan ko‘zlangan maqsad inson qadrini ulug‘lash hamda ularning barcha huquqlarini huquqiy asoslarini ta’minlashga qaratilganligi haqida o‘quvchilarga taqdimotlar asosida ma’lumotlar berishdi.
Davra suhbati davomida o‘quvchilar o‘zlarining fikr mulohazalari, taklif va savollari bilan faol ishtirok etishdi.