25 Aprel 2023 yil 159

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullari” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 20-avgust kunidagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida yangi 2022-2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini sifatli tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida, IIV Surxondaryo akademik litseyida “Xorijiy tillarni o‘qitishning samarali usullari” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu amaliy seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Surxondaryo viloyati bo‘yicha vakili Lola Petrosova, Termiz shahri Prezident maktabida faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar Rose Dominiczak, Samuel Nyabere, Termiz davlat texnika muhandislik instituti O‘zbek tili kafedrasi mudiri V.Sakbaeva va Termiz davlat universiteti Xorijiy tillar kafedarasi o‘qituvchilari falsafa fanlar doktori (PhD) N. Mustafoeva, N. Madalov va Roman-german tillari kafedrasi mudirasi U.Imomovalar hamda viloyatimizda joylashgan kasb-hunar maktablari va texnikumlarning xorijiy til fani o‘qituvchilari  ishtirok etishdi. Seminarda xorijiy mehmonlar hamda o‘qituvchilar xorijiy tillarni o‘qitishda ilg‘or  pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi.

Shuningdek tadbirda “Zo‘r Klass” dasturi doirasida Rossiya federatsiyasi Sank-Peterburg shahri “Gersen” universiteti professor-o‘qituvchilari Shershnyova Natalya Leonidovna va Litvenenko Galina Andreevnalar tashrif buyurishib rus tili fanini xorijiy fan sifatida o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Text to speech