IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi" tezkor profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
IIV Surxondaryo akademik litseyida Ichki ishlar vazirining 2023-yil 19-yanvardagi "Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi" tezkor profilaktik tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi 14-sonli farmoishiga asosan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda IIV Tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati O‘MIB tezkor vakili podpolkovnik F.Azgarov, viloyat IIB MMI va KBTX psixologi leytenant M.Qodirov va viloyat Narkologiya dispanseri xodimi Z.Normo‘minovlar ishtirok etishib, o‘quvchilarga giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilishning salbiy oqibatlari to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek davra suhbati davomida, mavzuga oid video rolik o‘quvchilar e’tiboriga namoyish etildi. Tadbir yakunida mas’ullar tomonidan tarqatma materiallar tarqatilib, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarildi.