22 Aprel 2023 yil 189

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilariga tasdiqlangan rejaga asosan qo‘l jangi mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov huzurida joriy yilning 27-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi mas’ul xodimlari tomonidan jismoniy tarbiya fani mashg‘ulotlari IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari bilan sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Qo‘l jangi mashg‘ulotlarini o‘quvchilar zo‘r qiziqish va ishtiyoq bilan o‘rganib, o‘zlashtirgan jang san’ati va sirlarini mashg‘ulot davomida murabbiylari yordamida mashqlarni bajarib ko‘rishdi.

Text to speech