24 Yanvar 2023 yil 184

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilariga qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi

Joriy yilning 24 yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-10-sonli qarorining mazmun-mohiyati akademik litsey o‘quvchilariga targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, Prezidentimiz qarori bilan IIO tizimiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni “ta’lim muassasasidan – xizmatning oxiriga qadar” tamoyili asosida tizimli va uzluksiz tashkil etilishi, IIV akademik litseyi bitiruvchilari uchun IIV Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor qidiruv faoliyati” ta’lim yo‘nalishlariga, to‘lov kontrakt asosida 200 nafargacha qo‘shimcha har yillik kvota kiritilayotganligi bu esa, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlarning yana bir yaqqol misoli ekanligi aytib o‘tildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar va javoblar berildi.

Text to speech