27 Sentyabr 2022 yil 474

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tarkibidagi ekspert-kriminalistika xizmatining faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib amaliyotga joriy etilmoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimlarida 10 sentabr kunidan 10 oktabr kuniga qadar “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari huquqiy targ‘ibot ishlarida ham faollik ko‘rsatishmoqda.

Buning birgina misoli sifatida, Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassis xodimlari tomonidan IIV Surxondaryo akademik litseyida “Kriminalistika fanining predmeti, tizimi va vazifalari. Kriminalistikaning uslubi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishda ichki ishlar organlarida kriminalistikaning metodlaridan foydalanish” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulot davomida jinoyat va hodisa joylaridan olingan va jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ashyoviy dalillarni olish hamda ularning jinoyatlarni fosh etishdagi o‘rni haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek mashg‘ulot doirasida o‘quvchilarning savollariga mutaxassis tomonidan  batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, ichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda yoshlarda kasbga bo‘lgan sadoqatni va qiziqishni oshirish ko‘zda tutiladi.

Text to speech