8 Dekabr 2022 yil
321
IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan "Konstitutsiya baxtimiz poydevori" shiori ostida tadbir tashkil etildi
Joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman Madaniyat bo‘limi binosida "Konstitutsiya baxtimiz poydevori" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan Konstitutsiyamiz haqida ma’lumotlar berilib, she’riy chiqishlar namoyish etildi.
Shuningdek tadbirda Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan musiqiy chiqishlar namoyish etildi.