IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot psixologiyasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb madaniyat va xizmat intizomi kodeksida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati psixologi ta’minlash guruhi mutaxassis psixologlari tomonidan IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot psixologiyasi, muomala madaniyati hamda nostandart vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlashga doir zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.
O‘tkazilgan davra suhbatida, mutaxassis-psixologlar tomonidan turli stress vaziyatlariga tushib qolmaslik uchun kerak bo‘ladigan psixologik mashqlar haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berilib ushbu mashqlarni muntazam amalga oshirib borish insonning ruhiyati va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ta’kidlab o‘tildi.
IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olish, ularning salomatligini muhofaza qilish, litseydagi ma’naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta’minlash, o‘quvchilarning ta’lim va dam olish sharoitlarini yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish va ijobiy hal etishda ko‘maklashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy, amaliy va tarbiyaviy profilaktik chora-tadbirlar o‘tkazildi.