29 Yanvar 2024 yil 440

IIV Surxondaryo Akademik litseyida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 23-yanvar  IIV Surxondaryo akademik litseyining 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi  bo‘lib o‘tdi.

Uch shartdan iborat tanlovda o‘quvchilar xalqimizning buyuk mutafakkirlari, jahon va o‘zbek adabiyotining taniqli namoyondalari ijodi va faoliyati, adiblarning asarlari haqida va shoirlarning she’rlarini ifodali yoddan aytib berishdi.

Qizg‘in va bahslarga boy tanlovda bilimi hamda zukkoligi bilan  5/23-guruh o‘quvchilari tengdoshlari orasida yaxshi natijalar ko‘rsatishdi. 

Text to speech