IIV Surxondaryo akademik litseyida "Bobur qalb va qalam sultoni" shiori asosida bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida "Bobur qalb va qalam sultoni" shiori asosida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar Boburning
hayoti va o‘lmas asarlari haqida, uning jahon adabiyotida tutgan o‘rni, bizga qoldirgan
ulkan ma’naviy merosi haqida gapirib o‘tishdi.
Bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan
Bobur ijodidan g‘azal va ruboiylar, shoirnnig boy merosiga oid ma’lumotlar aytib
o‘tildi hamda Bobur siymosini gavdalantirgan
sahna asarlari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbir davomida faol ishtirok etgan va fan oyliklari doirasida o‘tkazilgan tanlovlarda munosib natija qayd etgan o‘quvchilar akademik litsey rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.