18 Aprel 2024 yil 205

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Islohotlarga daxldorman!” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 yil 23 yanvar kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 17 aprel kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo‘limi bosh yuriskonsulti M.Mamayusupov, Toshkent Davlat yuridik universiteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida o‘zaro muloqot shaklida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, ularni bandligini ta’minlash, oliy ta’limga jalb qilish hamda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida huquqiy bilimlarini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarga sud-huquq tizimidagi yangiliklar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tildi. Tadbir yakunida tashkil etilgan viktorina savollariga to‘g‘ri javoblar bergan o‘quvchi va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech