15 Fevral 2024 yil 264

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Buyuklar yashaydi qalblarda mangu!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Buyuklar yashaydi qalblarda mangu!” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Jarqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari A.O‘.Radjapov, M.M.Mustanovalar ishtirok etgan mazkur tadbirda o‘quvchilarning musiqiy chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga namoyish etildi. Tadbir doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Tadbir g‘azalxonlik mushoiralari hamda shoir g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar bilan yig‘ilganlarni yanada ruhlantirdi. Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, Bobur ijodi bilan yana bir bor yaqindan tanishishlari uchun xizmat qildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan 1-bosqich 4/23-guruh o‘quvchilariga litsey rahbariyati tomonidan taqdirlandilar.

Text to speech