IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlarga doir ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
IIV Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 yil 23 yanvar kunidagi
tegishli ko‘rsatmasi asosida o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish,
ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish va islohotlarga daxldorlik
hissini yuksaltirish maqsadida IIV Surxondaryo akademik litseyida 2024 yil 22 may
kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya va huquqiy fanlar kafedrasi
professori J.Xolmo‘minov ishtirokida o‘zaro muloqot shaklida davra suhbati tashkil
etildi.
Davra suhbati davomida
ma’ruzachi tomonidan qonunga itoatkor bo‘lish, jamiyatimizda qonun ustuvorligi ta’minlanganligi,
o‘quvchi-yoshlar bugungi kunda yaxshi o‘qishlari, o‘z ustida ishlashlari uchun yaratilgan
sharoitlar, shuningdek, so‘nggi yillarda yuridik sohasiga berilayotgan e’tibor,
sohaga oid qonunchilikka kiritilgan so‘nggi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar
berildi.