IIV Surxondaryo akademik litseyida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Joriy yilning 19 mart kuni Ichki
ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyida Ichki Ishlar organlari faoliyatiga
qiziqishi baland bo‘lgan Termiz tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi
36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan tashrif buyurgan o‘quvchi yoshlar bilan
“Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilar mazkur ta’lim dargohidagi barcha
shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga
atroflicha javoblar olishdi. Litsey va maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi qizg‘in suhbatlar
esa har bir o‘quvchi yoshlarning o‘z tanlagan kasb egalari bo‘lishlari uchun chuqur
bilim va hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerakligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga
ega bo‘lishdi.