20 Mart 2024 yil 357

IIV Surxondaryo akademik litseyida Akademik va litsey yoshlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, akademik Nurislom Tuxliev ishtirokida “Akademik va litsey yoshlari” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda ilm-fan sohasida mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan, hayotiy tajribaga ega olimning ilmiy faoliyati borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, o‘quvchilar o‘z oldiga ma’lum bir maqsadni qo‘yishi, bu yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni aql bilan yengib o‘tishi, hamisha olg‘a intilish, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligi hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tabiyalash masalalardagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Uchrashuv so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va o‘quv yilida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan bir guruh o‘quvchilar tashakkuarnomalar bilan taqdirlandi.

Erkin va samimiy suhbat tarzida o‘tkazilgan uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Text to speech