IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari uchun davra suhbati va psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari,
Termiz davlat Pedagogika instituti psixologiya kafedrasi o‘qituvichisi va IIV Surxondaryo
Akademik litseyi amaliyotchi psixologi bilan hamkorlikda o‘quvchilar ishtirokida
davra suhbati va psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Davra suhbati hamda psixologik trening davomida jamoalarda
sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, ilmiy-psixologik uslublarni maqsadli
qo‘llash orqali o‘quvchilarning ta’lim va oilaviy-maishiy muammolarini o‘rganish,
ruhiy tayyorgarligini oshirish, ruhiy holatida o‘zgarish sezilgan o‘quvchilar bilan
individual tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, psixologik yordam ko‘rsatish, turli
stress vaziyatlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha o‘quvchilar
bilan psixologik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek,
IIV Surxondaryo Akademik litseyi o‘quvchilari bilan jamoaga tezda moslashish, faollashtiruvchi,
konfliktni oldini olishga qaratilgan psixologik-trening mashg‘uloti ham o‘tkazildi.