21 Fevral 2025 yil
803
IIV Surxondaryo akademik litseyida 2-bosqich o‘quvchilari bilan litsey rahbariyati o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
"Farzandlari bilimli, iste’dodli, o‘zining kuchi va salohiyatiga ishonib, oldinga intilib yashaydigan xalq va davlatning istiqboli, albatta, yorug‘ bo‘ladi".
Sh.M.Mirziyoev
Davra suhbatida Prezidentimizning 2025-yil 14-fevral
kunidagi yoshlar bilan uchrashuvi, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar va yoshlarga
berilayotgan keng imkoniyatlar, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvining mazmun-
mohiyati o‘quvchilarga yetkazildi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar
natijasida o‘zbek yoshlari har sohada cho‘qqilarni zabt etishmoqda. Yoshlar uchun
yaratilayotgan imkoniyatlar samarasi natijasini "Kitobxonlik" tanlovlarining
rivojlanganligi, "Chet tillarini o‘rganish"ga qiziqish tobora ortib borayotgani,
yoshlarning Xalqaro miqyosidagi "top" universitetlarda grand sohibiga
aylanishayotganidan ko‘rishimiz ham mumkin.
Davra suhbati jarayonida Ichki ishlar vazirligining
2025-yil 25-yanvar kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
hamda xorijiy davlatlar oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish nomzodlar
tanlovini tashkil etish to‘g‘risida"gi tegishli buyrug‘i bilan ilovada belgilangan
kvotalar soni bitiruvchi kurs o‘quvchilari tanishtirib o‘tildi.
Shuningdek, o‘quvchilarga tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir so‘nggida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga asoslantirilgan javoblar berildi.