27 Fevral 2024 yil 457

IIV Surxondaryo akademik litseyida bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan o‘zaro muloqot shaklida davra suxbati bo‘lib o‘tdi.

IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 yil 23 yanvar kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 26 fevral kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va Kadrlar bilan ta’minlash departameni Ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘limi inspektor metodisti katta leytenant A.A.Asqarovlar ishtirokida litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilari bilan o‘zaro muloqot shaklida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi fikr mulohazalari tinglandi. Tadbir so‘ngida o‘zining namunali xulqi, odobi, fanlarni o‘zlashtirishda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning bir guruhi taqdirlandilar.

Bu kabi tadbirlar o‘quvchi yoshlarning o‘z bilim salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Text to speech