25 May 2024 yil
580
IIV Surxondaryo Akademik litseyining o‘quvchi-qizlari o‘rtasida psixologik seminar-trening o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo
Akademik litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarning
ma’naviy-ruhiy muhitini o‘rganish, ularning o‘quv jarayonida va mashg‘ulotdan tashqari
ruhiy-emotsional barqarorligini saqlash bo‘yicha "Qalb go‘zalligi" mavzusida
seminar-trening tashkil qilindi.
Mazkur tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotida
o‘quvchi yoshlarning psixologik bilim saviyasini oshirish, ularning psixologik salomatligini
ta’minlash, o‘quv jarayoni va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ruhiy-emotsional
barqarorlikni saqlash hamda litseydagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘rganishga doir amaliy
ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratildi.