5 Aprel 2024 yil 487

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etmoqda.

Joriy yilning 5-aprel sanasida IIV Surxondaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvar kunidagi Zakovat intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori ijrosi, shuningdek Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan IIV Akademik litseyining 1 bosqich o‘quvchilaridan iborat bo‘lgan 8 ta jamoa ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish va o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan bellashuvning qizg‘in va murosasiz davom etgan bahslarida umumiy natijalarga ko‘ra 6/23-guruh “Kelajak avlod” jamoasi faxrli 1-o‘rinni, 5/23-guruh “Everest” jamoasi 2-o‘rin, 2/23-guruh “Yosh kursantlar”, 3/23-guruh “Tarmeta”, 4/23-guruh “Liderlar” jamoalari – 3-o‘rinni egallashdi.

Text to speech