IIV Surxondaryo akademik litseyida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 24-apreldagi tegishli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zukko kitobxon” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirda litsey o‘quvchilaridan
tuzilgan ikki jamoa — “Adabiyotshunoslar” va “Zukko bilimdonlar” o‘zaro bellashishdi. Qiziqarli savollar, tezkor javoblar va bahs-munozaralarga
boy o‘yin davomida har ikki jamoa o‘zining bilim darajasini namoyon etishdi.
“Zukko kitobxon” intellektual
o‘yinining yakuniy natijalariga ko‘ra, “Adabiyotshunoslar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga
kiritib, IIV Surxondaryo akademik litseyi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur intellektual o‘yin yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy saviyani oshirish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.