IIV Surxondaryo akademik litseyida "III-Renesans poydevori - Olimalar bilan o‘quvchilar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
IIV
ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining 2024 yil 23.
Yanvar kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash uchun Ilm-fan va ta’lim
o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarida amalga
oshirilayotgan ilmiy ishlar, qo‘lga kiritilgan fan yangiliklarini talabalarga yetkazish,
ularni tarix, adabiyot va madaniy merosimiz bo‘lmish qo‘lyozmalarni tadqiq etishga
qiziqtirish hamda yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, shuningdek o‘qituvchi
kadrlarning salohiyatini oshirish maqsadida, IIV Surxondaryo akademik litseyida
“Manbashunoslik va tarixiy tadqiqot natijalarini ta’limga joriy etish masalalari”
mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir 2 qismdan iborat bo‘lib, juda yuqori saviyada o‘tkazildi. Seminarning
1-qismi akademik litsey talabalari bilan muloqot tarzida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimasi tarix fanlari doktori
Nigora Allaeva, Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti “Sharq mumtoz
adabiyoti bo‘limi” mudiri filologiya fanlari nomzodi Salimaxon Eshonova, Guliston
Davlat universiteti dotsenti tarix fanlari nomzodi Dilorom Sangirova va Termiz davlat
universiteti “Turizm kafedrasi” dotsenti, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori
(PhD) Gulshan Abdulxaevalar talabalarni o‘qib bilim olishda shijoat bilan olg‘a
intilishga chorlashdi.
Olimalar tomonidan talabalarga birlamchi
manbalarni bilish, fanlarni o‘rganishda qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirish ahamiyatining
tushuntirilishi hamda yurtni sevish o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish
orqali ifodalanishining uqtirilishi yoshlarda katta taassurot uyg‘otdi.
Tadbirning 2-qismi litsey o‘qituvchilariga
mahorat darsi va davra suhbati shaklida tashkil etilib, unda raqobatbardosh kadrning
zamonaviy mezonlari, yo‘llari va yangi texnologiyalardan foydalanishning muhim vositalari
haqida amaliy maslahatlar berildi. Talabalarda tarixiy mushohada qilish ko‘nikmasini
rivojlantirishning muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida Akademik litsey 2-bosqich
o‘quvchisi Ichki ishlar vaziri stipendiyasi sohibasi D.Omonova tarix fanidan
100 foizlik natija bilan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatni
qo‘lga kiritganligi hamda 2-imtiyozli sertifikatga ega bo‘lganligi munosabati bilan
taqdirlandi. Dilchehra Omonovaga taqdim etilgan sertifikatining tarixchi olima Nigora
Allaeva tomonidan topshirilishi esa yosh talaba qizga ilm olish va izlanishiga yanada
undaydi.
Tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar talabalar hamda
o‘qituvchilar uchun juda qiziqarli va ahamiyatli bo‘ldi.