IIV Surxondaryo akademik litseyida davra suhbati o‘tkazildi
“Xalqni uyg‘otmoq istasang, avvalo qalbini uyg‘ot” Abdulla Qodiriy
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025 yil 24 mart kunidagi 118-sonli farmoyishi asosida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat oyligi” doirasida, joriy yilning 9-aprel kuni Abdulla Qodiriy tavalludining 131 yilligi munosabati bilan IIV Surxondaryo akademik litseyida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari
tomonidan akademik litsey o‘quvchilariga Abdulla Qodiriyning boy ijodiy merosi,
uning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi tutgan muhim o‘rni, o‘zbek romanchiligiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda
asarlarining bugungi yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati haqida mazmunli ma’lumotlar
taqdim etildi.
Davra suhbati yakunida adib hayoti va ijodiga oid qiziqarli viktorina o‘tkazilib, ishtirokchilarning bilimi sinovdan o‘tkazilib, ularning faolligi va adabiyotga bo‘lgan qiziqishi yana bir bor namoyon etildi.