24 Yanvar 2025 yil
496
IIV Surxondaryo akademik litseyida harbiy xizmatchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Joriy yilning 23 yanvar sanasida IIV Surxondaryo akademik litseyida Mudofaa vazirligi tizimidagi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilari katta leytenant M.Mirzaxalilov va 3-darajali serjant T.Xo‘janovlar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida, akademik litseyining
2-bosqich o‘quvchilariga havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlarining
vazifalari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi tizimidagi oliy-harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga topshirish, imtihon jarayonlari, o‘quv mashg‘ulotlari haqida ham batafsil tushunchalar berildi.