13 Fevral 2025 yil
720
IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida "Siz Boburni bilasizmi?" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Kuni kecha Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida "Siz Boburni bilasizmi?" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan buyuk hissasi haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida faol talabalar tomonidan Zahriddin Muhammad Bobur bobomizning go‘zal g‘azallari, ruboiylaridan parchalar aytib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.