9 Fevral 2024 yil 469

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilariga kriminalistik laboratoriya va texnika vositalari namoyish etilgan holda mashg‘ulot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-122-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchi yoshlarni kasbga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim salohiyatini mustahkamlash, ularning hodisa sodir bo‘lgan joyda mustaqil kriminalistik tadqiqotlar o‘tkazishlarini ta’minlash orqali amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, Mobil kriminalistik laboratoriya va texnika vositalari namoyish etilgan holda mashg‘ulot o‘tkazildi.

Laboratoriyaning afzalliklari va samaradorligi hamda ekspert-kriminalistika faoliyatining zamonaviy imkoniyatlari haqida keng tushunchalar berildi.

Mazkur mashg‘ulotda Mutaxassislar tomonidan mobil kriminalistik laboratoriyaning imkoniyatlari batafsil tushuntirib berildi.

Text to speech