IIV Surxondaryo akademik litseyida ma’rifiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston
Respublikasi IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining
2024-yil 23-yanvar kunidagi ko‘rsatmasi ijrosi, yoshlarning huquqiy madaniyatini
yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish maqsadida
IIV Surxondaryo akademik litseyida 2024-yil 30 yanvar kuni litsey o‘quvchilari,
Huquqshunoslik va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi, Termiz davlat universiteti
Yuridik fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Bo‘ronov hamda
bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida “Huquqiy savodxonlik va huquqiy
madaniyatni yuksaltirish” mavzusida ma’rifiy
tadbir tashkil etildi.
Termiz
davlat universiteti Yuridik fakulteti “Jinoyat huquqi va fuqarolik protsesi” kafedrasi
katta o‘qituvchisi M.Ch.Allayarova litsey dars jarayonlarida ishtirok etib, o‘quvchilarni
qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob berdi.
Ko‘tarinki ruhda tashkil
etilgan tadbir yakunida faol ishtirok etgan litsey va Universitet jamoalari tashkilotchilarning
tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.