IIV Surxondaryo akademik litseyida "Jasorat-millat g‘ururi va iftixori" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024 yil 16 apreldagi PQ-160-sonli Qaroriga asosan, Ikkinchi jahon
urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan, mustaqillik
yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish maqsadida
joriy yilning 7 may kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida 9-may “Xotira va qadrlash
kuni” bayrami munosabati bilan "Jasorat-millat g‘ururi va iftixori" shiori
ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati
IIB faxriylar kengashi a’zolari, Termiz davlat universiteti o‘qituvchilari va Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi rahbari M.Mustanova
ishtirok etgan mazkur bayram tadbirida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqiy
chiqishlari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha zavq
va shavq bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar tashkilotchilar
tomonidan taqdirlandilar.