17 Noyabr 2023 yil 596

IIV Surxondaryo Akademik litsey o‘quvchilari “Jarqo‘rg‘on Minorasi” tarixi bilan yuzlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari “O‘zbekiston tarixi” fani oyligi doirasida “Jarqo‘rg‘on Minorasi” tarixiy yodgorligiga tashrif buyurishdi.

XII asrga oid bo‘lgan ushbu tarixiy obida, o‘zining me’moriy qurilish uslubi va ulug‘vorligi bilan o‘tmishdan hozirgi kunga qadar saqlanib kelmoqda.

Xuroson me’morchilik maktabi an’analari asosida barpo etilgan ushbu Minora noodatiy dekorativ bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyoda ilgari ishlatilmagan, bu bezak ko‘proq Hindistonda ishlatilgan.

Akademik litsey o‘quvchilari ushbu ma’lumotlar orqali yurtimizning yana bir tarixiy obidasi haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Litsey ustoz-murabbiylari boshchiligida uyushtirilayotgan bunday sayohatlar o‘quvchilarda Ona-Vatanga bo‘lgan mehr tuyg‘usini shakllanishida katta xizmat qiladi.

Text to speech