IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot shaklida davra suhbati tashkil etildi.
IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash
departamentining 2024-yilning 23-yanvardagi 2/2-197-son ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash
maqsadida joriy yilning 25-aprel kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Jinoyat
ishlari bo‘yicha Jarqo‘rg‘on tuman sud raisi Y.B.Chorshanbiev, devonxona mudiri
A.J.Qarshiev hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Jarqo‘rg‘on tuman adliya
bo‘limi YXKM bosh yuriskonsulti M.T.Mamayusupov ishtirokida o‘quvchilar bilan o‘zaro
muloqot shaklida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritilib, bugungi kunda mamlakatimizda qonun
ustuvorligini ta’minlash va sud tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan
ishlar, sudlar faoliyatiga oid yangi qonun va qonun osti hujjatlar mazmun-mohiyati
haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tildi. Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarning sud-huquq
tizimi haqidagi tushunchalarining yanada boyishiga sababchi bo‘ladi.