IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida asgressiv holatlarni oldini olish maqsadida "O‘smirlarda agressiv xulq-atvorning namoyon bo‘lish sabablari" mavzusida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida asgressiv holatlarni oldini olish maqsadida "O‘smirlarda agressiv xulq-atvorning namoyon bo‘lish sabablari" mavzusida psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Trening davomida o‘smirlarda
agressiv xulq-atvor shakllanishiga sabab bo‘luvchi quyidagi omillar ko‘rib chiqildi:
- oilaviy-muhit, jismoniy
bosim, o‘zini ifoda etish ehtiyoji;
- salbiy emotsiyalarni
boshqarish usullari;
- ijobiy muloqot,
empatiya va o‘zaro hurmat tamoyillari;
- jamoada sog‘lom
psixologik muhitni saqlash yo‘llari.
Mashg‘ulot interaktiv
usullarda olib borildi. O‘quvchilar bilan "G‘azabni boshqarish",
"Men va his-tuyg‘ularim", "Ijobiy fikr" kabi psixologik mashqlar,
rolli o‘yinlar va suhbatlar tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida
o‘quvchilar o‘z shaxsiy irodaviy fazilatlarini tahlil qildilar, jamoaviy muhokamalar
va psixologik mashqlar orqali kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan irodaviy ko‘nikmalarni
mustahkamlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, litsey
psixologi Halima Bekmurodova tomonidan ularga
insonning ijobiy holati onggi va ruhiga, bu esa uning bilim olishiga ham ta’sir
ko‘rsatishi haqida o‘quvchilarga nazariy hamda amaliy jihatdan tushunchalar berildi.