IIV Surxondaryo Akademik litseyida Prakuror va o‘quvchilar uchrashuvi tashkil etildi.
IIV Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentining
23.01.2024-yildagi 2/2-197-son ko‘rsatmasi ijrosi, shuningdek, yoshlarning huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish
maqsadida Joriy yilning 25-yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida Jarqo‘rg‘on
tuman prakurori B.T.Haydarov bilan o‘quvchilar uchrashuvi tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda B.Haydarov yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan
shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, o‘qib bilim olishga, shijoat bilan olg‘a intilishga
chorladi. Suhbat davomida yoshlarning prokuratura organlari faoliyatiga doir qiziqtirgan
savollariga misollar bilan javob qaytardi. Erkin muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda
yosh avlod vakillari tuman prokuroriga o‘z rejalari, maqsad va intilishlarini bayon
etishdi. O‘z navbatida tuman prokurori kelgusida mamlakat ravnaqiga munosib hissa
qo‘shishlari uchun hayotiy tajribsidan kelib chiqib, o‘z taklif va maslahatlarini
berdi.