30 Mart 2025 yil 372

IIV Surxondaryo akademik litseyida, Ekspert-kriminalistika sohasiga oid o‘quv va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Surxondaryo viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti katta leytenant Xudoyqul Namozov tomonidan “Hujjatlarni texnik kriminalistika” ekspertiza sohasi bo‘yicha bugungi kundagi ahamiyatga ega bo‘lgan “Hujjatlarning kriminalistik tadqiqotlari tushunchasi, predmeti, tizimi va vazifalari, hujjatlarni va xatlarni identifikatsiyali xususiyatlari, tergov va tezkor harakatlarda ulardan foydalanish, qalbaki pul yasatishning kriminalistik tadqiqot qilish” mavzularida o‘quv va amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

O‘quv jarayonida IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilariga, hozirgi kunda jinoyat sodir etilgan joyni ko‘zdan kechirish, ashyoviy dalillarni topish, qayd etish, olish, qadoqlash va tergov organlariga taqdim etish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hozirgi kunda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan o‘tkazilayotgan ekspertiza turlari, ekspertiza o‘tkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etilayotgan ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar qayd qilindi.

Jinoyatlarni fosh etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhr izlarini ko‘zdan kechirish, qayd qilish va tadqiqotlar o‘tkazishda, hujjatlarni texnik kriminalistika ekspertizasining o‘rni alohida ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassis tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech