19 Dekabr 2024 yil 635

IIV Surxondaryo akademik litseyi tomonidan targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Joriy yilning 18-dekabr  kuni O‘zbekiston Respublikasi IIVning "Ichki ishlar vazirligining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalariga umumiy o‘rta ta'lim maktablarini biriktirish to‘g‘risida" 2024-yil 25-iyundagi 345-son buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida IIV Surxondaryo akademik litseyi rahbariyati, o'qituvchi va o'quvchilari Termiz shahar 1-sonli hamda Termiz tumani 1-sonli umumta’lim maktablariga tashrif buyurib, maktabning bitiruvchi 9-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda o‘quvchilarga litseyning tashkil etilishi, litseyga kirish tartibi, tahsil olish jarayoni, yashash sharoitlari, o‘quvchilarga beriladigan "Vazir stipendiyasi" va "O'qishdagi muvaffaqiyatlari uchun" ko'krak nishoni, bitiruvchilarga berilgan imtiyozlar, o'quv tayyorlov markazi haqida ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari akademik litsey oʻquvchilari Vatanparvarlik chiqishlari bilan maktab oʻquvchilarida yanada katta qiziqish uygʻotdi.

Text to speech