19 Noyabr 2024 yil
255
IIV Surxondaryo akademik litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarning ilm salohiyatini oshirishga hamda ularning odob-axloq qoidalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati davomida, boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Djumaeva O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida ta’lim olayotgan o‘quvchi-qizlarning orzulari, qiziqishlari, erishgan yutuqlari, ichki ishlar sohasining qaysi yo‘nalishida faoliyatini davom ettirishi xususida suhbatlashib, bu borada chuqur bilim egallash hamda e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan xususiyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tdi. Yosh o‘quvchi-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar