IIV Surxondaryo akademik litseyida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi
O‘zekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchilari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining o‘quvchilari uchun formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘i talablari asosida formali kiyim-bosh bilan ta’minlandi.
Joriy yilning 16-sentabr
kuni 1-2-bosqich o‘quvchilari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi va aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, saf ko‘rigi davomida o‘quvchilarga belgilangan namunadagi formali kiyim-boshni kiyib yurish tartiblari yana bir bor tushuntirilib, akademik litsey hududida va akademik litsey hududidan tashqarida buyruq talablariga, tartib intizomga, kun tartibiga to‘liq rioya etib, yurishlari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berib o‘tildi.