IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar o‘rtasida psixologik seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilarda kasbiy motivatsiyani shakllantirish, iroda, qat’iyat, o‘zini boshqarish, sabr toqat, mas’uliyat va maqsad sari intilish kabi irodaviy sifatlarni rivojlantirish maqsadida, “Art terapiya” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mashg‘ulot
davomida, o‘quvchilar o‘z shaxsiy irodaviy fazilatlarini tahlil qildilar, jamoaviy
muhokamalar va psixologik mashqlar orqali kasbiy faoliyatda zarur bo‘ladigan irodaviy
ko‘nikmalarni mustahkamlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Shuningdek, litsey psixologi Halima Bekmurodova tomonidan ularga insonning ijobiy holati onggi va ruhiga, bu esa uning bilim olishiga ham ta’sir ko‘rsatishi haqida o‘quvchilarga nazariy hamda amaliy jihatdan tushunchalar berildi.