17 May 2025 yil
579
IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari harbiy qismda bo‘lishdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 30-apreldagi tegishli topshirig‘iga muvofiq, joriy yilning 16-may kuni IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning harbiy qismiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar
qisqacha harbiy qism faoliyati bilan tanishib, SCATT elektron trenajyorida o‘q otish
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Mazkur zamonaviy elektron tir o‘quvchilarning
ChQBT fanidan olgan bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.