IIV Surxondaryo akademik litseyi bitiruvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi
Joriy
yilning 13 yanvar kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida IIV Akademiyasi kadrlar
bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Faxriddin Andamurotov, Akademiya kadrlar bo‘limi
muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori kapitan Abror Xo‘jamurotov, IIV Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi ma’sul xodimi N.Norqobilov, viloyat
IIB ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati muhim topshiriqlar
bo‘yicha inspektori katta leytenant B.Qaynarov, IIV Surxondaryo akademik litseyi
direktori podpolkovnik B.Bo‘rievlar ishtirokida akademik litseyni tamomlayotgan
156 nafar o‘quvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi.
So‘zga
chiqqan IIV Akademiyasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Andamurotov o‘quvchilarning
IIV Akademiyasiga hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlari, tibbiy ko‘rikdan o‘tish
tartibi, ajratilgan qabul kvotalari, IIV akademiyasiga qabul qilish yo‘nalishlari,
sinov-imtixon jarayonlari, Akademiyada o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar
bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi.
Litsey
o‘quvchilari IIV Akademiyasiga kirishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’sul
xodimlar tomonidan javoblar olishdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarga
IIV Akademiyasi tomonidan tayyorlangan IIV akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish
shartlari, akademiyada o‘qitish jarayonlari o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar
aks etgan video rolik namoish etildi.