IIV Surxondaryo akademik litseyida 21-oktabr – “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun”ga bag‘ishlangan esse tanlovi o‘tkazildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 21-oktabr – “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Aksariyat kitobxonlar badiiy adabiyotlarni lotin alifbosida nashr ettirish istagini bildirmoqda, boshqalar esa kirill alifbosida qoldirishni ma’qul ko‘rishyapti” mavzusida esselar tanlovi o‘tkazildi.
Tadbirda
akademik litseyning 1 va 2 kurs o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Tanlovning asosiy
maqsadi o‘quvchilarda ona tiliga hurmat, uni asrab-avaylash va boyitishga bo‘lgan
mas’uliyat hissini kuchaytirish, shuningdek, asosiy e’tibor yosh avlodda milliy
g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishga qaratildi.
Ishtirokchilar
o‘z ijodiy ishlari orqali o‘zbek tilining jamiyatimizdagi o‘rni va ahamiyati, tilimizni
rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini
bayon etishdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra: “Eng mazmunli esse muallifi” nominatsiyasi bo‘yicha 1 bosqich 3/25-guruh o‘quvchisi Mohichehra Abdurahmonova, “Imloviy savodxon o‘quvchi” nominatsiya bo‘yicha 2 bosqich 5/24-guruh o‘quvchisi Bonu Jo‘raeva, “Eng chiroyli husnixat sohibiʼʼ nominatsiya bo‘yicha 2 bosqich 2/24-guruh o‘quvchisi Nilufar Qodirovalar g‘olib deb topildi.