IIV Surxondaryo akademik litseyida bitiruvchi kurs o’quvchilari bilan o’zaro muloqot shaklida davra suhbati bo’lib o’tdi.
IIV ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan
ta’minlash departamentining 2024-yilning 23-yanvardagi 2/2-197-son ko’rsatmasi
ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14 mart kuni IIV Surxondaryo
akademik litseyida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Jarqo’rg’on TIF
bojxona posti boshlig’i mayor M.Q.Normamatov, bojxona posti inspektori
leytenant A.A.Abdurazaqovlar ishtirokida litsey bitiruvchi kurs o’quvchilari
bilan o’zaro muloqot shaklida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbat davomida
mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodning ilm olishi, zamonaviy kasb egasi
bo‘lishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘zlab,
o'quvchilarning dars mashg'ulotlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar
haqidagi fikr mulohazalari tinglandi. Tadbir soʻnggida o’quvchilarga
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Bojxona
instituti 2024-2025 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari haqida tushuntirish
berilib, mavzu yuzasidan videorolik namoyish etildi