13 May 2025 yil 411

IIV Surxondaryo akademik litseyida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

"Jismoniy tarbiya" fan oyligi doirasida, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Mazkur musobaqa o‘quvchilarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda litseyning iqtidorli va faol o‘quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqa jarayonida ishtirokchilar sport madaniyati, mahorati va jismoniy tayyorgarlik darajasini namoyon etdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra 3-o‘rin 4/24-guruh o‘quvchisi Azizbek Erkinov, 2-o‘rin 2/24-guruh o‘quvchisi Eldor Oqmurodov hamda 1-o‘rin 4/24-guruh o‘quvchisi Muhammad Xurramovlar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Text to speech