IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari amaliy dars mashg‘ulotlarini o‘tashdi
2024
yilning 27 mart kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida “Huquqshunoslik” fani oyligi
doirasida litsey Huquqshunoslik fani o‘qituvchisi F.Yangiboevning “Jinoiy jazo va
javobgarlik” mavzusida Termiz Davlat Universiteti Yuridik fakulteteti Sud amaliyoti
xonasida ochiq dars mashg‘uloti tashkil qilindi.
Unda
litsey 2-bosqich o‘quvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda faol ishtirok
etishdi hamda dars amaliy mashg‘ulot ko‘rinishida davom ettirilib unda o‘quvchilar
tomonidan sud jarayonidagi sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi.
Shuningdek, o‘quvchi yoshlarni intellektual
salohiyatli va o‘z kasbini sevadigan kadrlar qilib tayyorlash hamda ularni “Vatanga
va halqqa sadoqat bilan xizmat qilish eng oliy burchimiz” konseptual g‘oyasi asosida
tarbiyalash, litsey va oliy ta’lim muassasasi professor o‘qituvchilari o‘rtasida
o‘zaro hamkorlik va tajriba almashishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Yuridik fakulteti
professor o‘qituvchilari bilan hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik moddalari
tarqalishini oldini olish” mavzusida davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi.