11 Sentyabr 2025 yil 215

IIV Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butun jahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ-150-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 10-sentabr kuni Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqa akademik litseyning 1-2-bosqich  o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari N.Qarshieva hamda M.Mamadiyorov boshchiligida qizgʻin va murosasiz bahslar tarzida o‘tdi.

Bellashuv  yakunida akademik litsey o‘quvchilari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdilar:

1-o‘rin — Majidov Begzod Bahriddin o‘g‘li;

2-o‘rin — Mashrapov Javohir Kenja o‘g‘li;

3-o‘rin — Qo‘chqorov Kamronbek Bahrom o‘g‘li.

Text to speech