4 Noyabr 2023 yil 742

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Har bir xodimga bir nihol" shiori ostida litsey hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni bilan butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etilmoqda.

Shu munosabat bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 3-noyabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida "Har bir xodimga bir nihol" shiori ostida litsey hududiga manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ushbu tadbirga barcha birdek mas’uliyat bilan yondashib, o‘quvchilar tomonidan ta’lim muassasasini yashil makonga aylantirgan holda tahsil olishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishdi.

Text to speech