9 Mart 2024 yil 525

IIV Surxondaryo akademik litseyida “Ayollari ezozlangan yurt” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Ayol borki, olam munavvar, ayol borki, hayot go‘zal va maftunkor. Aslida oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, unga fayzu barakat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar, munis onalarimiz, opa-singillarimizdir.

Ma’lumki, har yili bahorning ilk haftasida mamlakatimizning barcha joylarida 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tantanalari o‘tkaziladi. Joriy yilning 7-mart kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida ham “Ayollari ezozlangan yurt” shiori ostida tadbir hamda qizlar o’rtasida 5 ta shartdan iborat bo’lgan “Iste’dodli malikalar” ko’rik tanlovi o‘tkazildi. Bayramona tadbir akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan ajoyib sahna ko‘rinishlari, musiqali chiqishlar va go’zal kuy-qo‘shiqlarga boy bo’ldi.

Text to speech